background
logotype
image1 image2 image3

Imomi A’zam (r.a)ning zukkoligi

Vaqi’ ibni Jarroh (r.a)dan rivoyat qilinadi:                            

Kunlarning birida Imomi A’zam (r.a)ning huzurlariga bir ayol kishi keldi. U meros taqsimotida adolatsizlik bo‘lganini izhor qilib, norozi ohangda dedi: “Mening akam vafot etdi va undan olti yuz dirham meros qoldi. Shundan menga bir dirham tegdi xolos”.

Imomi A’zam (r.a) ayoldan merosni kim taqsim qilganini so‘radilar. Ayol Dovudi Toyi deb javob berdi. Shunda Imomi A’zam (r.a.) meros to‘g‘ri taqsim qilinibdi dedilar va ayolga  savollar bera boshladilar:

— Vafot etgan akangiznining ikkita qizi qolganmi?

— Ha, qolgan.

— Onalari ham hayotmi?

— Ha, hayot.

— Bitta ayoli ham bormi?

— Ha, bor.

— Vafot etgan akangizning o‘n ikkita aka-ukalari bor, to‘g‘rimi?

— Ha, to‘g‘ri.

— Va yana undan tashqari birgina siz qoldingiz to‘g‘rimi?

— Ha, to‘g‘ri.

Shu savollrdan so‘ng Imomi A’zam (r.a) olti yuz dirham meros qanday taqsim qilinganini aytib berdilar. Vaxolanki o‘sha ayol Imomi A’zam (r.a)ga bular to‘g‘risida biror narsa aytmagan edi. Imomi A’zam (r.a) o‘zining ilm tafakkuri va chuqur aql idroki bilan bu masalaning yechimini mohirlik bilan fahmlagan edilar.

Keyin Imomi A’zam ayolga dedilar: “Qolgan ikkita qizlariga merosning uchdan ikki qismi tegadi (600 ning uchdan ikki qismi 400 bo‘ladi). Onasiga merosning oltidan biri tegadi (oltidan bir qismi 100 bo‘ladi). Vafot etgan akangizning jufti haloliga merosning sakkizdan bir ulushi tegadi (sakkizdan biri 75 bo‘ladi). Qolgan o‘n ikkita aka-ukalariga merosdan ikki dirhamdan tegadi (jami 24 dirham). Merosdan qolgan bir dirham sizning ulushingiz bo‘ladi”.

Imomi A’zam (r.a)ning bu bergan javoblaridan atrofidagi eshitib o‘tirgan barcha hayratda qolgan edi.

“Yettichinor” masjidi imom xatibi Maqsudali Qosimov va “Mustahkam” masjidi imom xatibi S. Aripov tayyorladi.


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.