background
logotype
image1 image2 image3

Mahmud Qoshg‘ariy

Mahmud Qoshg‘ariy (XI asr) - qomusiy olim, 1072 yilda yozilgan «Devonu lug‘atit-turk» asari mashhur.



Belgi bo‘lsa, odam yo‘lda adashmaydi, aqli bo‘lsa, kishi so‘zda adashmaydi.
 
Muhtoj odam har bir narsadan hojati chiqishini o‘ylaydi.
  
Yotlarning yog‘liq ovqatidan o‘zingga yaqinlarning mushti yaxshi.
 
Boshqa kishining moli qo‘lingda bo‘lsa ham, seniki hisoblanmaydi. Chunki u qaytariladi.
 
Chiroyli to‘ningni o‘zing kiy, shirin taomingni esa boshqalarga tut.
 
Mehmonni davlat va barakotdan sanaydiganlar o‘lib ketdi. Har bir qora sharpa qo‘noq bo‘lmasin, deb chodir buzuvchilar qoldi.
 
Ojiz, g‘arib mehmon kelsa, hozir bo‘lgan narsani mehmonga tezlik bilan qo‘y, unga malol keltirma.
 
Qarindoshlarga, qo‘ni-qo‘shnilarga yaxshilik qil, olgan hadyalaring evaziga qimmatliroq narsa hozirla.
 
Befahm mehmon uy egasini xijolatga qo‘yadi.
 
Ikki er hayvon olishadi, o‘rtada pashsha yanchiladi.
 
It qopmaydi, ot tepmaydi dema, negaki bu odat ularning tabiatida bordir.
 
Yaxshining so‘ngagi tuproqda chirisa ham, nomi qoladi.
 
Kasalning vasiyat qilishi uning uchun yaxshilik keltiradi.
 
Chiyabo‘ri qo‘shnichilikka rioya qilib qo‘shnisini yemaydi.
 
Quruq yog‘och egilmaydi, quruq novda gullamaydi.
 
G’oz qo‘zg‘olsa, ko‘lni o‘rdak egallaydi.
 
Savdogarning moli toza, beshubha bo‘lsa, yo‘l ustida yeydi.
 
Til bilan qadalgan narsa tish bilan yechilmaydi.
 
Odobning boshi - til.
 
Osmonga tupurgan kishining tupugi yuziga tushadi.
 
Bo‘ydoq odamga ellik gaz bo‘z ham ishtonlikka yetmaydi.
 
Do‘stlar bilan totuv yasha, urishib undan ayrilma. Qo‘lingdagi tovuqni chiqarib yuborib, yana boshqatdan qidirma!
 
Arpasiz ot qir osholmaydi, yo‘ldoshsiz botir jangda yengolmaydi.
 
Qurol hozirlashni unutgan askar asir bo‘ladi.
 
Urg‘ochi tuya ingrasa, erkak tuya bo‘zlaydi.
 
O’g‘il dono bo‘lsa, ota rohatga yetadi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.