background
logotype
image1 image2 image3

Haqqa rioya

Hazrati Umar (r.a.) xastalanib qoldilar. Tabiblar davo uchun asal yeyishni tavsiya qilishdi. Xalifaning uylarida asal yo‘q, mavsumi bo‘lmaganligi sababli bozorlardan ham topilmadi. Faqat bir joyda – davlat xazinasida asal bor edi.

Hazrati Umar odamlarni yig‘dilar va shunday dedilar:

– Shifo maqsadida davlat xazinasidagi asaldan bir miqdor olmoqchiman. Ijozat berasizlarmi?

Xalifaning haqqa bu qadar rioya qilishidan ta’sirlangan jamoa ko‘zlarida yosh bilan xitob qilishdi:

– Ey amiralmo‘minin, sizga jonimiz ham fido bo‘lsin!

“Irfon” taqvimining 2010 yil, 4-sonidan olindi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.