background
logotype
image1 image2 image3

Eng yomon dard nima?

Bir badaviy tog‘dagi dovonni kesib o‘tayotib, ko‘zlari ko‘r va butun tanasi peslashgan qariyaga duch keldi. Uning xarob bo‘lib borayotganligi ravshan edi. U hatto shol bo‘lib, o‘rnashgan joyida qolishga doimiy majbur edi. Badaviy qariyaning "Maxluqotlari orasidan ko‘plarini kasalliklar bilan imtihon qilganda, meni omonda saqlagan va ko‘plab maxluqotlaridan afzal qilgan Allohga hamdlar bo‘lsin" — deganini aniq eshitdi.
— Birodarim, — xitob qildi badaviy, — Siz nimadan omondasiz o‘zi? Vallohi, ko‘ryapmanki, sizda yo‘q dardning o‘zi yo‘q!
— Nari tur! — dedi qariya boshini ko‘tarib, — Nima, menda Allohning tavhidini talaffuz qila oladigan hamda Uni har on zikr qiladigan tilim yo‘qmi? Yoki Allohni tanishlik uchun qalbim yo‘qmi?
Qariyaning bu so‘zlari badaviyga gunohlaridan Allohga tavba qilishi uchun yetarli edi.
Hamisha sizdan ko‘ra ko‘proq muammosi mavjud yana kimdir borligini yodda tuting!

Muslim Buxoriy tarjimasi


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.