background
logotype
image1 image2 image3

Umra sabog’i

Bu voqeani mimomlardan biri so’zlab bergan edi: “Har uch-to’rt yilda Umra ziyoratiga borishni odat qilgandim. Navbatdagi safarim har doimgilaridan boshqacha bo’ldi. Barcha ziyoratchilar kabi hamma amallarni to’la-to’kis ado qildim. Ramazon ro’zasi bilan jismim, Umra mallari bilan ruhim yengillashganini dildan his qilib turardim. Ayniqsa, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va ssalamning qabrlarini ziyorat qilar ekanman, u yerdan taralayotgan muattar bir hid kishi ruhiyatiga boshqacha ta’sir ko’rsatardi…
Birdan uyga qaytish oldidan mana shu muattar hid taratayotgan mushki anbardan albatta olib ketaman, degan fikr xayolimga keldi. Chunki bu hidga juda sarmast bo’lib qolgan edim. Safarimizning oxirgi kunlari uyga, qo’ni-qo’shni, qarindosh-urug’ va birodarlarga esdalik sovg’alari olish uchun rastalar yoniga bordim. Olmoqchi bo’lgan narsalarim ichida menga mushki anbar muhim edi. Uni barcha rastalardan astoydil qidira boshladim. Lekin hech bir mushk unga o’xshamasdi. Nihoyat bir yamanlik do’kondordan: “Assalomu alaykum, kechirasiz, sotayotgan mushklaringiz orasida Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallamning qabrlari atrofida taralayotgan mushkdan bormi?”, deb so’radim. U esa ajablanib shunday dedi: “Siz Payg’ambarimiz alyhissalom haqlarida hech narsa bilmas ekansiz, borib yaxshilab o’rganing!”
Bu gapdan hangu mang bo’lib qoldim, o’rtamizdagi suhbat arab tilida bo’layotgani uchun unga yaxshi tushuntiraolmadim shekilli, deb o’yladim. Uni gapi meni juda ajablantirganidi. Shunda men unga Qur’oni karimni yod olganimni va bir masjidga imom ekanimni ham aytdim. U baribir yana o’sha: “Siz Payg’ambarimiz alyhissalom haqlarida hech narsa bilmas ekansiz, borib yaxshilab o’rganing!” degan gapni takrorlardi. Baribir hech nimaga tushunmadim. Shunda u : “Birodar, siz aytayotgan mushk sotuvda yoq, bo’lmaydi ham. U zotning qabrlari yoniga hech qanday mushk sepilmaydi. Balki bu hid Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallamning hidlari bo’lib, o’n to’rt asrdan buyon shu xushbo’ylik taralib turadi…”
Bu gapni eshitib o’zimdan uyalib ketdim. Ha, bu men uchun Umra ziyoratidan topgan eng katta hikmat va haqiqat edi. Menimcha, bu mo’jiza dunyoning biror nuqtasida uchramasa kerak.
Shundan buyon masjidlar atrofida mushk olayotgan kishilarning o’zaro suhbatlarini eshitib qolsam, yamanlik sotuvchining so’zlari esimga tushaveradi: “Siz Payg’ambarimiz alyhissalom haqlarida hech narsa bilmas ekansiz, borib yaxshilab o’rganing!”

Nurali Rizaqulov
Musulmonlar taqvim kitobi 2006 yil II chorak

2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.