background
logotype
image1 image2 image3

Shakoklik kasri

O’n ikki yil turmush qilib, farzand ko’rmagach, oilam buzildi. Keyin bola chaqali kishiga erga tegdim. Allohga beadad shukurki, menga oltita o’g’il qiz berdi. Ammo bandasi na sovuqqa, na issiqqa chidar ekan, yilma – yil beshik tebratib, bola boqish, uning ustiga rozgor tashvishlari fe’limni o’zgartirib yubordi. Aniqrogi, Xudodan bittagina tirnoq so’rab zorlanganlarim unutilgan edi.     Yettinchi bor bo’yimda bo’lganida, qo’shni ayoldan tanish doktorga olib borishini iltimos qildim. Niyatim yomon edi. O’sha kecha deng, tushimga bir chol kirib, hassasini erga urganicha: “Ha, endi bolaga to’yib qoldingmi?!” dedi darg’azab bo’lib. Ammo tushimga bepisand qaradim, noshukurligim uchun hali bir umr ezilib yurishim hayolimga ham kelmagan edi. Ertasiga tuman markaziga bordim. Afsuski, do’xtir xotin kasal ekan. Yana vaqt topib borgunimcha, homila besh oylik bo’ldi. Do’xtir endi uni oldirishga ruxsat bermadi. Ichimdan zil ketdim.
    Xullas, naqd besh kiloli pahlavon o’g’il tug’dim. Qop – qora ko’z – qoshlariga qarab, oldirib tashlamoqchi bo’lganimga uyalib ketaman. Yillar o’tib, o’g’limda g’alati qiliqlar paydo bo’la boshladi. Vrachlar uning ruhiy hasta ekanini aytishdi!
    Xozir ellikka kirgan bo’lsamda, etmish yashar kampirga o’xshayman. Alp qomatli kenjamning aqli past, nutqi yo’q, izidan yurib charchayman. Allohga shak keltirganim kasriga o’g’lim qolgani, men ham shuning jazosini tortayotganim aniq edi. Dod solib yig’lagim keladi…

Onaizor tilidan Norniso Qosimova yozib oldi
“Musulmonlar taqvim kitobi”dan

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.