background
logotype
image1 image2 image3

Salovatning foydasi

Olmoniyalik bir musulmon kishi haj ibodatini niyat qilibdi. Fabrika direktoriga: “Menga bir oyga ruhsat bersangiz, sayohatga chiqaman”, debdi. “Fabrikaning ahvolini ko’rib turibsan, tang ahvoldamiz. Mahsulot etishtirishimiz kerak. Sen mening eng ishonchli va yaqin odamimsan. Sendan boshqasi ishni eplay olmaydi… Ruhsat berolmayman”, debdi ho’jayin.    
-    Yo’q, menga ruhsat bermasangiz bo’lmaydi.
-    Nimaga?
-    Diniy vazifam bo’lgan hajga bormoqchiman.
-    Iltimos, hozir emas, keyinroq bor!
-    Ishdan haydasangiz va ishlagan barcha haqlarim kuyib ketsa ham borishim shart. 
-    Muhammadga: “Xo’jayinim meni jo’natmadi, ey Muhammad!” desang bo’lmaydimi?
-    Bo’lmaydi. Chunki haj – Allohning buyrug’i.
Allohning buyrug’i ekanini eshitgan xo’jayin boshini xam qilib shunday dedi: 
    - Xo’p, senga ruhsat beraman. Faqat brogan eringda Muhammadga mening nomimdan salom ayt. 
    Keyinchalik u kishi shunday hikoya qiladi: “Madinaga borib, Payg’ambarimiz alayhissalomning qabrlariga kelib: “Assolatu vas-solatu alayka yo Rasulalloh!” deya salovat va salom aytib, duo qildim. Shu payt birdan Hansning salomi esimga tushdi. O’zimcha qanday bo’larkin, u odam nasroniy bo’lsa, deb o’yladim. Ko’zimni yumib o’tindim: “Yo Rasulalloh! Mening Hans ismli boshlig’im bor, millati olmon, o’zi nasroniy. U sizga salom yubordi, bo’ynimda qarz bo’lib qolmasin”. Hajni ado qilib bo’lgach, Turkiyaga kirib o’tdim. U erda Olmoniya bilan habarlashganimda boshlig’im Hansning musulmon bo’lganini eshitib, quloqlarimga ishonmadim. Payg’ambar alayhissalomga berilgan salomning qanchalik buyukligini o’shanda his qildim”.
    Bir nasroniyning yo’llagan salomi tufayli Alloh taolo unga abadiy saodatni loyiq ko’rdi. Endi biz musulmonlar o’sha nasroniychalik bo’lolmasak, salovatni ko’paytirmasak, o’z da’voimizda qanchalik haqli bo’lamiz?

Muhammad Yosin tayyorladi
“Musulmonlar taqvim kitobi”dan olindi

2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.