background
logotype
image1 image2 image3

Qur’oni karim va sport avtomobili

Yosh bir yigit oliygohni bitirish uchun tayyorlanayotgan edi. U ko‘p oylardan beri bir savdogarning ko‘rgazma zalida turgan chiroyli sport avtomobilini ko‘rib zavqlanardi va sotib olishga otasining bemalol qurbi yetishini bilardi. Bir kuni yigit otasiga o‘zining eng oliy istagi mana shu avtomobil ekanligini tushuntirdi.
Bitiruv kuni yaqinlashishi bilan yigit otasining himmatini kuta boshladi. Nihoyat, oliygohni tugatadigan kuni ertalab otasi uni o‘zining xonasiga chaqirdi. Ota shunday quvnoq o‘g‘li borligidan faxrlanishini, uni nechog‘lik yaxshi ko‘rishini ma’lum qildi va bejirim o‘ramdagi sovg‘a qutisini unga topshirdi.
Yigit ishtiyoq bilan, lekin nimadandir noroziday qutini ochdi va bejirim, charm-muqovali Qur’oni karimni topdi. Shunda u otasiga jahl bilan:
“Nima, asrab qo‘ygan pullaringizning barchasiga men uchun bittagina Qur’on sovg‘a qilasizmi?" — dedi-da, kalomi sharifni qoldirganicha uydan yugurib chiqib ketdi...
Yillar o‘tib o‘sha yigit ishida muvaffaqiyat qozondi. Uning shinam uyi va ajoyib oilasi bor edi. Bir kuni u otasining qariganligini o‘ylab, ehtimol, xabar olish lozim deya fikr qildi. U otasini o‘sha bitiruv kunidan beri ko‘rmagandi. Ozroq ishlarimni bitirib olay, so‘ng xotirjam otamni ko‘rgani boraman, deb o‘yladi.
Ishlarini tartibga solib bo‘lgunicha, otasining vafot etgani hamda barcha mol-mulkini o‘g‘liga vasiyat qilib qoldirganligi to‘g‘risida telegramma oldi. Ota hovlisiga kelganda, to‘satdan uning qalbini mahzunlik hamda o‘kinish hissi qamrab oldi. U otasining muhim hujjatlarini izlay boshlaganida, yillar oldin qoldirib ketgani, o‘sha Qur’oni karimni ko‘rib qoldi. Ko‘zida yosh bilan Qur’onni sahifalarini ocha boshladi. Birdan, kitobning orqasiga tasma bilan bog‘langan kovertdan kalit tushib ketdi. Kalitda u orzu qilgan aynan o‘sha sport avtomobili sotuvchisining ismi yozilgan yorliq bo‘lib, ustiga oliygohni bitirgan sanasi hamda "Puli to‘langan" degan yozuv turardi...

Muslim Buxoriy tayyorladi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.