background
logotype
image1 image2 image3

Haqiqiy g‘alaba

Bu ajoyib voqea Sietl Nogironlar Olimpiadasida yuz bergan edi. O‘shanda jismoniy va aqliy jihatdan nogiron to‘qqiz kishi 100 metrga yugurish musobaqasida qatnashish uchun start chizig‘iga yig‘ildilar. Yugurishga start berilgach, barchalari shitob bilan qo‘zg‘alishdi. Ularning hammasi g‘alaba ishtiyoqida yonardi. Shu payt kutilmaganda bir yosh qatnashchi qoqilib ketib, yiqildi va yig‘lashga tushdi. Uning yig‘isini eshitib, ishtirokchilarning barchasi orqalariga qarashdi. Keyin birdan yo‘nalishlarini o‘zgartirib, ortga – o‘smirning yoniga qaytdilar. Uni yupatib, o‘rnidan turg‘azdilar va to‘qqiz kishi bir-birlarining qo‘llaridan tutgancha marra tomon birgalikda yura boshladilar. Stadiondagi tomoshabinlar o‘rinlaridan turib, ularni daqiqalarcha olqishladilar.

O‘sha yerda bo‘lganlar hozirgacha bu hodisani aytib yurishadi. Nega? Chunki hayotda muhimi o‘zimizning g‘alabamiz emas. Asosiysi sekinlashish va yo‘limizni o‘zgartirish hisobiga bo‘lsa ham boshqalarning muvaffaqiyat qozonishi uchun yordam berishdir.

“Irfon” taqvimining 2009 yil, 4-sonidan olindi.


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.