Eng to‘g‘ri savol
Bolakay o‘zining uchoyoqli velosipedida aylanib yurgan edi. O‘rindiqlardan birida o‘ksinib yig‘layotgan yosh ayolga hayron qarab qoldi. Keyin yoniga borib, sekingina so‘radi:
– Xolajon, sizga nima bo‘ldi? Nega yig‘layapsiz?
Ayolning ko‘zlari qizarib ketgan edi. Og‘ir “uh” tortgancha:
– Sen hali bu narsalarni tushunishga kichkinalik qilasan, – dedi va avvalgidan ham battar yig‘lab yubordi. Bolaning hayronligi ortdi, shoshilib savol berdi:
– Biror joyingiz og‘riyaptimi, xolajon? Agar sizga velosipedimni bersam, yig‘lamaysizmi?
Jajji bolakayning mehribonligidan ayol yanayam o‘ksinib ketdi, alam bilan dedi:
– Bolam-a, meni bu dunyoda hech kim yaxshi ko‘rmaydi. Hech kimga kerak emasman, bildingmi, hech kimga!
Bola birdan jiddiy tortdi:
– Chindan ham bu haqida hammadan so‘radingizmi?
Bu so‘rovga ayol dastlab e’tibor qilmadi. Ammo bir necha soniyadayoq o‘ziga keldi. Soddalik bilan bergan savolida bolaning o‘zi ham anglamagan haqiqat bor edi. Axir, hayot faqatgina bir kishining sevgisi, munosabatidan iborat emas-ku! Umriga mazmun bag‘ishlagan, farishtadek beg‘ubor farzandlari uni jonu dildan yaxshi ko‘rishlari yolg‘onmi? Juft kabutarday bir-biriga suyanib qolgan ota-onasining sevgisi yana kimda va qaerda bor? Atrofidagi shuncha ne’matni ko‘rmay, bir orsiz uchun qadrini to‘kib, yig‘lab o‘tirganidan uyalib ketdi. Ko‘zyoshlarini artdi, mayin jilmayib bolaning boshini silar ekan:
– To‘g‘ri aytding, o‘g‘lim, – dedi. – Hammadan so‘rashni unutibman, rahmat senga.
Bola “g‘alati xola”ning nima uchun rahmat aytgani, nimaga yig‘lagani-yu nima uchun kulganining ham ma’nosini tushunmadi. Bir muddat o‘ylanib turdi, keyin o‘ynayotgan o‘rtoqlarining yoniga ketdi.
Feruza Usmonova tayyorladi.
“Irfon” taqvimining 2013 yil 3-sonidan olindi.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Ro‘za kitobi
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Tahorat kitobi
- Salovotlar. Istig'for duolari
- 6 diniy kalima
- G‘usl, tayammum
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Eng yomon sakkiz toifa
- Besh panjaning ma’nosi
- Namoz haqida oyat va hadislar
- Ramazon taqvimi (2018 yil / 1439 hijriy)
So'nggi maqolalar
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
- Rufay ibn Mihron
- Muhammad ibn Hanafiy
- Zaynab binti Jahsh
- Juvayriyya binti Horis
- Zaynab binti Xuzayma
- Savda binti Zam’a
- Alloh uchun “Alloh” desaydim...
- “Oxiri ketish boʻlgan dunyo uchun mahzun boʻlma!”
- Dunyo hojatlarini uning egasidan soʻrashga hayo qilaman
- Qozonning tagini yalama!
- Baʼzilar 25 yoshda oʻlib, 75 yoshda dafn qilinadilar
2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.