background
logotype
image1 image2 image3

Bosqinchilar “madaniyati”

Vataniga bostirib kelgan rus generali bilan uchrashuv chog‘ida Imom Shomil undan so‘radi:

— Bizning yurtga nima sababdan bostirib keldilaring, sizlarga nima kerak?

— Biz o‘zimizning yuksak madaniyat va taraqqiyotimizni siz yovvoyilarga o‘rgatish uchun keldik.

Shunda Imom Shomil ortida turgan musulmon askarlardan birini oldiga chorlab, poyafzalini yechib ko‘rsatishni buyurdi. Uning oyog‘i toza poytavaga o‘ralgan, besh vaqt namoz uchun tahoratda muntazam yuvib turilgani sababli ozoda, hidlanmagan edi. So‘ng imom rus askarlaridan birini chaqirtirib, uning ham oyog‘ini yechib ko‘rsatishini so‘radi. Rus askarining oyog‘i kirlanib ketgan, hidi esa chidab bo‘lmas darajaga edi.

Shunda Imom Shomil rus generaliga yuzlanib: “Sizlar olib kelmoqchi bo‘lgan yuksak taraqqiyot shumidi, bizga shunday madaniyatni keltirmoqchimisizlar”, dedi.

Rus tilidan Akbarjon Abdulmajid tarjimasi


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.