background
logotype
image1 image2 image3

Bolalik

Qo’shnimiz Dovudning ikki farzandi bor. Biri besh, ikkinchisi esa etti yoshda. Bir kuni Dovud etti yoshli Karimga hovlidagi gullarni kesishni o’rgatardi. Asbobni qanday burish kerakligini tushuntirar ekan, xotini chiqib, uni telefonda kimdir so’rayotganini aytib qoldi. Dovud uyga kirib ketgandan so’ng Karim asbobni ishga tushirdi va otasining bir necha yillardan beri parvarish qilayotgan gullariga qarata yurg’azdi. Dovud uydan qaytib chiqqanda, hamma qo’shnilarning havasini keltirgan, ne mehnatlar bilan parvarishlagan asar ham qolmagandi. U o’g’liga qarab endi baqirmoqchi bo’lib turganida, xotini chiqib: “Dadasi, gul emas, bola o’stirayotganingizni unutmang!” dedi.
    Bu so’zlar bilan ayol ota – onaning birinchi vazifasi farzand tarbiyasi ekanini yaxshi anglatgandi. Bola sindiradi, yoradi, yo’qotadi. Gullar ham payhon bo’ladi. Lekin farzandlarimizga qahr bilan baqirishdan oldin o’zimizni qo’lga olib, ularning bola ekanliklarini unutmaylik.
    Bir safar do’stlarimning uyida mehmonda edim. Dasturxon atrofida o’tirganimizda besh yashar o’g’illari stol ustiga sut to’kib yubordi. Ota – onasi unga tanbeh bera boshlaganlarida, men ham piyolamdagi choyni ag’dardim. 48 yoshli bo’lishimga qaramay, qanday qilib bunday holga yo’l qo’yganimni tushuntirib, o’zimni oqlamoqchi bo’lganimda, bolaning ko’zlari porladi. Ota – onasi ham o’zlariga kerakli darsni olib bolaga tanbeh berishdan to’xtadilar. Ota – onalar bir vaqtlar o’zlari ham bola bo’lganliklarini bot – bot eslab tursalar, yaxshi bo’lardi. 
                    

Madina
                    “Musulmonlar taqvim kitobi” 2007 yil, 1-chi kitob

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.