background
logotype
image1 image2 image3

Allohning rahmati

Hadisi sharifda keladiki, Alloh taolo mo‘min bandaning hisobini qiyomat kunida yashirib qiladi. Banda Yaratgan huzuriga kelarkan, Alloh uning gunohlarini jadvalma-jadval ko‘rsatib, shu gunohlarni qilgan eding-a, deb hisob so‘raydi. Shunda banda o‘zining do‘zaxga mahkum bo‘lganini, har tomondan jahannam olovi qurshaganini his qiladi. Shunda Alloh taolo: “Ey bandam, dunyoda shuncha gunohingni yashirgan edim, iymoning hurmatidan bu yerda ham yashirib, nomai a’moilingni hasanalarga to‘ldirib, seni jannatga kiritaman” deydi. Alloh taolo aytadi: “Men shunday zotmanki, ularning gunohlarini yaxshilikka almashtiraman”.
Parvardigorimiz qiyomat kunida ham mo‘min bandani qilgan gunohlari uchun sharmanda qilmas ekan…
Tahonaviy aytadilar:
“Ey do‘stim, sen shunday Xudoni tashlab qaerga ketyapsan?”

Yorqinjon qori ma’ruzalari asosida tayyorlandi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.