Afolatli hukm
Bir odam temir qafasdagi yo‘lbarsga rahmi kelib, uni chiqarib yubordi. Yo‘lbars esa uni yemoqchi bo‘ldi. “Yaxshiligimga yomonlik qilasanmi?” dedi odam. Yo‘lbars: “Yo‘limizda uchraydigan uch jonzotdan bu masalani hal qilib berishni so‘raymiz”, dedi.
Yo‘llarida birinchi bo‘lib qushni uchratishdi. Bo‘lgan voqeani eshitgan qush odamdan qasdini olish uchun (chunki uning bolalari qushlar iniga tosh otishardi) yo‘lbars odamni yeyishi kerak, degan hukm chiqardi.
So‘ngra quyonni uchratishdi. Quyon ham shunday hukm chiqardi, sababi – odamning bolalari quyonlarni inidan quvlashardi. Oxiri ular tulkiga duch kelishdi. Voqeadan xabardor bo‘lgan tulki:
– Yo‘lbars turgan qafas qaerda edi? — dedi.
Qafas yoniga borishdi, yo‘lbars qanday turganini ko‘rsatish uchun u yerga kirdi. Shunda tulki undan:
– Qafasdan chiqishga qodir emasmiding? – deb so‘radi.
– Ha.
Keyin odamga qarab:
– Eshik qanday qulflangan edi? – dedi.
Odam mana bunday edi, deb eshikni qulfladi.
Shunda tulki:
– Masalaning javobi aniq. Insof va adolat bilan yo‘lbars qafasda qolishini, odam esa oilasiga qaytishini hukm qilaman... – dedi.
Zamira Qosimova tarjimasi
“Hidoyat” jurnalining 2011 yil, 7-sonidan olindi.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.