background
logotype
image1 image2 image3

Abu Talhaning ridosi

Abu Talha ibn Ubaydulloh (r.a.) chiroyli rido kiyib olib, ko‘chada ketayotgan edilar. Noxos bir kishi kelib, ridolarini yechib, olib qochdi. Yonlaridagi kishilar ortidan quvib yetib, rido bilan birga o‘g‘rini ham olib keldilar. Xijolatdan boshini egib turgan kishiga ridoni berarkan, Abu Tal­ha shunday dedilar: «Alloh bu ridoni senga muborak qilsin. Men ustimdagi narsa o‘ziniki bo‘lishini istagan odamning orzusini ro‘yobga chiqarmaslikdan hayo qilaman».

“Irfon” taqvimining 2011 yil, 1-sonidan olindi.


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.