background
logotype
image1 image2 image3

Zakotni duch kelgan kishiga berib bo‘lmaydi, deb eshitdim. Buning shartlari qanday bo‘ladi?

Savol: Zakotni duch kelgan kishiga berib bo‘lmaydi, deb eshitdim. Buning shartlari qanday bo‘ladi?

Javob: Zakot quyidagilarga beriladi: «Albatta, sadaqalar (ya'ni, zakotlar) Alloh tomonidan farz bo‘lgan holda faqat faqirlarga, miskinlarga, sadaqa yig‘uvchilarga, ko‘ngillari (Islomga) oshno qilinuvchi kishilarga, bo‘yinlarni (qullarni) ozod qilishga, qarzdor kishilarga va Alloh yo‘lida (ya'ni, jihod yoki hajga ketayotganlarga) hamda yo‘lovchi musofirlarga berilur. Alloh bilim va hikmat sohibidir» (Tavba surasi, 60-oyat).

1. Faqirlar. Nisob miqdoridan kam mablag‘i bor yo nisob miqdoricha mablag‘i zaruriy ehtiyojlariga sarflangan kishilar.

2. Kambag‘allar. Hech narsasi yo‘q, faqirdan ham muhtoj kishilar.

3. Sadaqa to‘plovchi kishilar. Ular davlat rahbari tomonidan zakot va sadaqalarni (xalqdan) yig‘ish topshirig‘i berilgan kishilardir. Badavlat bo‘lsalar ham, vazifalari sababli ularga zakot mollaridan bir miqdor beriladi.

4. Qalblari (Islomga) og‘dirilishi zarur bo‘lganlar. Bular Payg‘ambarimizning (s.a.v.):

a) musulmonlikni tanlab, Allohga imon keltirishlarini;

b) dinga zarar berishlarining oldini olishni;

v) imonlarini kuchaytirib, haqiqiy musulmon bo‘lishlarini xohlagan kishilardir.

5. Mukotablar, ya'ni ma'lum miqdorda mol evaziga ozod bo‘lishlari xususida xo‘jayinlari bilan shartnoma tuzgan qullar.

6. Qarzdorlar, ya'ni qarzini to‘lashdan ojiz bo‘lgan kishilar.

7. Alloh yo‘lidagilar. Bular hayotlarini Alloh yo‘lida kurashga bag‘ishlab, Islom dini shuhrati yuksalishi uchun xizmat qilgan faqir askarlar.

8. O‘z diyoridan (va u yerdagi mulkidan) uzoqqa ketgan (ularni keltirishdan ojiz bo‘lgan) musofirlar.

Badavlat kishining faqir katta o‘g‘liga, badavlat kishining faqir xotiniga, farzandi boy bo‘lsa-da, uning faqir otasiga zakot berishi joiz.

O‘z qishlog‘i va shahrida faqir kishilar bo‘laturib, zakotni boshqa qishloq-shahardagi muhtoj kishilarga yuborish makruhdir.

Dinda savolim bor


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.