background
logotype
image1 image2 image3

Mavzu' hadis nima?

SavolMavzu' hadis nima?

JavobBir necha toifa kishilar turli g‘arazli maqsadlar bilan o‘zlarining gaplarini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam gaplari sifatida, ya'ni hadis, deb tarqatib yuborishgan. Alhamdulillah, ularning bu qilmishlarini ulamolar fosh qilib, kishilar ularning to‘qigan so‘zlarini haqiqiy hadisdan ajratib olishlari uchun bu so‘zlarga mavzu' hadis, deb nom berishgan.

Mavzu' hadis mardud (rad qilingan) bo‘lib, uni rivoyat qilish, zikr qilish ham joiz bo‘lmaydi. Faqatgina odamlarni undan ogoh qilish, mavzu'ligini bildirib qo‘yish maqsadida aytish joiz, xolos. Ulamolar mavzu'larni o‘rganib, bir necha «Mavzu'ot» kitoblari tasnif etishgan.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.