background
logotype
image1 image2 image3

Gazetalardan birida «Kishi olim bo‘lmagunicha taqvoli bo‘la olmaydi», deyilibdi. Nega endi?

Savol: Gazetalardan birida «Kishi olim bo‘lmagunicha taqvoli bo‘la olmaydi», deyilibdi. Nega endi? Hamma taqvoli bo‘lishni istaydi, ammo hamma musulmon ham olim bo‘lavermaydi-ku? Bu gapni o‘qigan avom: «E, bizdan taqvodor chiqmas ekan-da», deb tushkunlikka tushmaydimi?

Javob: Mazkur hikmatli gapdan bunaqa teskari xulosa chiqarmaslik kerak. Sizni chalg‘itayotgan narsa, bizningcha, «olim» so‘zidir. Shuning uchun avvalo shu so‘zning ma'nosini oydinlashtirib olamiz. Buyuk musulmon shoiri Alisher Navoiyning xalqimiz orasida keng tarqalgan bir hikmatli so‘zlari bor: «Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim, Orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim», deydilar hazrat. Bundan ma'lum bo‘ladiki, faqat 10-15 yil oliy o‘quv yurtlarida o‘qib, ilmiy ishlar yoqlab, turli-tuman unvon olgan odamlargina olim emas, balki «bilmaganini so‘rab o‘rgangan» har bir shaxs ham o‘ziga xos olimdir.

Islomda bitta hadisni o‘rganish ham ilm olishdir. Ana shu o‘rganishlar natijasida erishilgan bilimni hayotida qo‘llash - taqvo debochasidir. Bu esa inson iymoni jilosini ziyoda etadi. Shuning uchun barcha mo‘min- musulmon taqvoga intiladi. Hayotda nimalar qilishi lozimligini o‘rganadi. Alloh taolo oldida inson hamma jihatdan tengdir, faqat taqvosi bilan bir-biridan farqlanadi, turlicha martabaga erishadi.Nomi «olim» bo‘laturib ilmiga amal qilmagandan ko‘ra, nomi avom bo‘lsa ham, taqvo yo‘liga kirganlar Allohning huzurida ming chandon a'lodirlar.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.