background
logotype
image1 image2 image3

Arab tilini bilmaydigan, Islom o‘lkalaridan yiroqda yashovchi, din taklif qilinmagan va targ‘ib etilmagan kishilar bor. Ular qiyomatda azoblanadimi?

Savol: Arab tilini bilmaydigan, Islom o‘lkalaridan yiroqda yashovchi, din taklif qilinmagan va targ‘ib etilmagan kishilar bor. Ular qiyomatda azoblanadimi?

Javob: Haq tabaroka va taolo aytadi:

«Biz to biron payg‘ambar yubormaguncha ( u orqali o‘zimizning amru farmonlarimizni yuborib, unga itoat qilishdan bosh tortmagunlaricha, biron kimsani) azoblaguvchi emasmiz». (Al-Isro surasi, 15-oyat)

Buning ma'nosi, albatta Alloh azza va jalla da'vat yetib bormagan, shariat kelma gan bandalarini azoblashdan o‘zini poklamoqda. Chunki o‘zi bilmagan ishni bajarishda nuqsonga yo‘l qo‘yganni jazolamoq zulmdirki, Rahmonu Rahim bunga rozi bo‘lmaydi.

Shundan bilamizki, agar g‘or yoki tog‘ cho‘qqisida yoxud umuman dunyodan uzilgan bir chekkada da'vat yetib bormagan va u haqda so‘z eshitmagan shaxs topilsa, u ahli fitratdan hisoblanadi yoki jazolanmaydiganlardan sanaladi. Ammo da'vatchi, mubashshir orqali xabardor bo‘lsa, bu kishi dinning haqiqatlarini, buyruq va qaytariqlarini izlab o‘rganmog‘i va amal etmog‘i lozim bo‘ladi. Aks holda o‘zining qusur va beparvoligi uchun mas'ul hisoblanadi.

Lekin Islom da'vati yerning g‘arbu sharqiga quyosh nuri yetganchalik tarqaganki, undan bexabar biror millat yoki jamoa qolgan emas. Balki ayrim odamlarga u g‘arazgo‘ylarning fe'li oqibatida buzilgan, o‘zgartirilgan holda yetib borgan-ki, ulug‘ din sohiblariga Islomning g‘oya va maqsadlarini, asos va haqiqatlarini to‘g‘ri va mukammal yetkazish lozim bo‘ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.