background
logotype
image1 image2 image3

Andalusiya tarixini bilmoqchiman

SavolTarix kitoblarida Ovro‘pada Andalusiya degan Islom mamlakatining gullab-yashnaganihaqida ko‘p yozilganShu o‘lka tarixi haqida to‘laroma'lumot bersangiz.

JavobUmaviy amirlardan Valid ibn Abdulmalik hukmdorligi (705-715) davrida Ispaniya va Portugaliya Muso Nusayya va uning mavlosi Toriq ibn Ziyod tomonidan hijriy 92 (milodiy 711) yilda fath etildi va bu ikki davlat fathdan so‘ng arab tilida bitta nom bilan «Andalusiya» deb atala boshlandi. Andalusiya Islom xalifaligi davrida nihoyatda gullab-yashnagan, Qurtuba (Kordova), Ishbiliya (Sevilya), G'arnota (Granada) kabi o‘lkalar ilm-fan, madaniyat, savdo-sotiq sohasida faqat Bag‘dod va Qustantaniyadan orqada bo‘lgan. Andalusiyada go‘zal shaharlar, muhtasham masjid va qasrlar barpo etilgan, hunarmandchilik rivojlangan. Andalusiyadan dong‘i dunyoga ketgan Imom Qurtubiy, Ibn Arabiy, Ibn Hazm, Ibn Rushd, Abu Hayyon, Ibn Atiyya kabi olimlar yetishib chiqqan. Nasroniylar hijriy 635 (milodiy 1236) yili Qurtubani, 646 (milodiy 1248) yili Ishbiliyani bosib olib, barcha musulmonlarni qilichdan o‘zkazdi. Islom madaniyati obidalarini yakson qilib, kitoblarni yoqdi. Faqat G'arnotada musulmonlar hukmronligi milodiy 1492 yilgacha davom etdi va shundan keyin Andalusiya batamom tanazzulga yuz tutdi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.