background
logotype
image1 image2 image3

Sotish niyatida xarid qilingan molning ustiga qancha narx qo‘yib sotish mumkin?

Savol: Sotish niyatida xarid qilingan molning ustiga qancha narx qo‘yib sotish mumkin?

Javob: Savdo molga belgilanadigan narxga qarab to‘rt xildir:

1. Musovama.

2. Vazia.

3. Murobaha.

4. Tavliya.

Musovama savdosida molning oldingi bahosi e'tiborga olinmaydi. Xaridor sotuvchi bilan o‘zaro tortishib, molni kelishuv asosida baholab oladi.

Vazia molni o‘z bahosidan past narxda sotishdir.

Murobaha molni kelib tushish narxi ustiga ma'lum bir foyda qo‘yib sotishdir. Bunda qo‘yilgan foyda aniq aytiladi.

Tavliya molni kelib tushish narxida sotishdir.

Murobaha va tavliya savdolarida oldi-sotdi sohasida tajribaga ega bo‘lmaganlar malaka hosil qiladi va savdo yo‘llari bilan oshno bo‘ladilar.

Shuni unutmasligimiz lozimki, mol ustiga qo‘yiladigan foyda miqdori muayyan qilib ko‘rsatilmagan. Ammo ba'zi xaridorlarning g‘o‘rligidan foydalanib molni sotilayotgan qiymatidan oshirib sotish yoki sotuvchining soddaligi tufayli molni o‘z qiymatidan arzonga olish (g‘abni fohish) savdoni buzish huquqini beradi («Radd ul-muxtor»).

Kundalik xarid mollarda besh foiz, hayvonlarda o‘n foiz va ko‘chmas mollarda yigirma foizdan ortiq bahoga bay' berish g‘abni fohish hisoblanadi («Sharhi Ilyos»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.