background
logotype
image1 image2 image3

Qay holda savdo durust bo‘lmaydi?

SavolShariatimizga ko‘ra nimalarning savdosi durust bo‘lmaydiJavobQuyidagi narsalarning savdosi durust bo‘lmaydi:

- harom bo‘lgan va iste'moli taqiqlangan narsalar - qon, harom o‘lgan hayvon go‘shti, xamr, cho‘chqa va uning go‘shti kabi narsalar savdosi;

- savdosi durust molning durust bo‘lmagan molga qo‘shib sotish, masalan, halol so‘yilgan mol go‘shtini harom o‘lgan mol go‘shtiga qo‘shib sotish (ikkisining ham savdosi buzuq bo‘ladi);

- halol molni harom mol evaziga sotish yoki ayrboshlash, masalan, gazmol berib, aroq olmoq yoki aksincha;

- suvdagi baliqni, osmonda uchib yurgan parranda va qushlarni tutib olmay, tog‘dagi o‘tinni terib-to‘plamasdan ilgari sotish;

- savdo qilinganda xaridorga topshirishga qodir bo‘lmagan narsalarni sotish, masalan, tutib hovuzga tashlab qo‘yilgan baliq kabi;

- xaridorga berganda o‘zi zarar ko‘radigan narsalarni sotish, masalan, uyining xari, to‘sinlarini;

- aldanmoq ehtimoli bor narsalarni sotish, masalan, ona qornidagi bolani;

- aniq bo‘lmaganidan janjalga sabab bo‘ladigan narsalarni, qo‘y ustidagi junni sotish;

- daraxtdagi mevani undan uzib quritilgan mevaga chamalab sotish;

- odam a'zolarini, masalan, sochi, suti kabi;

- harom o‘lgan mol va qo‘ylarning terisini oshlamay (ho‘lini ketkizmay) sotish;

- sotgan narsasini pulini to‘lamay, sotgan narxidan arzonga sotib olish;

- savdo taqozo qilmagan, ammo sotuvchi yo oluvchidan biriga foydali bo‘lgan shart bilan sotish mumkin emas.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.