background
logotype
image1 image2 image3

Qurbonlik terisini ayrim joylarda masjidga topshirishadi. Bu haqda kitoblarda yozilmagan-ku?

Savol: Qurbonlik terisini ayrim joylarda masjidga topshirishadi. Bu haqda kitoblarda yozilmagan-ku?

Javob: Qurbonlik terisi sadaqa qilinadi yoki ro‘zg‘orda ishlatish uchun mesh, palos (po‘stak), tayyorlanadi. Yoxud uzoq muddatga ishlatish uchun mo‘ljallangan qozon, tovoq kabi buyumlarga almashtiriladi. Qurbonlik terisini masjidga topshirishda uning imomi yoki biror xodimiga berish maqsad qilinsa, durust bo‘ladi. Aks holda sadaqa bo‘lmaydi. Chunki sadaqa iste'molchiga beriladi. Masjid esa iste'molchi hisoblanmaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.