background
logotype
image1 image2 image3

Teri qachon pok bo‘ladi?

Savol: Yaqinda yangi poyabzal xarid qiluvdim, oshnalarim ichiga solingan taglik cho‘chqa terisidan qilinganini aytib, uni kiyishdan qaytarishdi. Teri oshlansa, halol bo‘ladi, deb eshituvdim-ku! Yoki men noto‘g‘ri tushunganmanmi?

Javob: Siz eshitganingizday, haqiqatan qar bir hayvonning terisi (inson va to‘ng‘iz terisi bundan mustasno) oshlashlik bilan halol, pok bo‘ladi. Bundan tashqari har bir hayvonni tasmiya ("Bismillahi, Allohu akbar") aytib so‘yish bilan uning terisi pok (namoz o‘qishga yaroqli) bo‘ladi, shunga o‘xshash go‘shti yeyilmaydigan hayvonlar (masalan, ayiq) tasmiya bilan otilsa yoki so‘yilsa, ularning go‘shti va yog‘ini taomdan boshqa ehtiyojlarga ishlatsa bo‘ladi.

Ammo to‘ng‘iz, cho‘chqaning terisi haqiqiy najasot bo‘lgani uchun va odam terisi Alloh uni ulug‘ qilgani uchun oshlangani bilan ham aslo pok bo‘lmaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.