G'uslda suvning hisobi bormi?
Savol: G'usl haqida bir necha savollarim bor: yuvinish g‘uslga o‘tadimi? G'uslda suvninghisobi bormi? G'usldan keyin namozga tahorat olinadimi? Ayollar g‘uslni ich kiyimdaqilishadimi?
Javob: «G'usl» arabcha so‘z bo‘lib, bizning tilimizda butun badanning hech bir joyini qoldirmay yuvish ma'nosini bildiradi. G'usldan so‘ng tahorat olinmaydi. Balki g‘usldan oldin tahorat olinadi. Bu sunnatdir.
G'uslga ishlatiladigan suvning eng kam miqdori bir so' (taxminan 4,5 litr), tahoratga ishlatiladigan suvning eng kam miqdori bir mud (taxminan 1 litr)dir. Bunga istinjoga ishlatiladigan suv miqdori kirmaydi. Istinjoda toza bo‘lguncha suv ishlatiladi. Bunda suv miqdori belgilanmagan.
Demak, tahorat va g‘uslga ishlatiladigan suvning eng kam miqdori qo‘shib hisoblanganda taxminan besh yarim litrdir. Agar shu miqdor suv yetsa, u bilan kifoyalanadi. Agar yetmasa, ehtiyojga qarab, isrof qilmay, suv miqdorini oshirish mumkin («Fatovoi olamgiriya»).
Avratni doimo yopish vojibdir. Avratni faqat xalo, istinjo kabi o‘zganing nazari tushmaydigan o‘rinlarda ochish gunoh emas.
G'usl qilishda to‘la yalang‘ochlanish, agar g‘usl qilish joyi kichik bo‘lsa, joiz. Biroq bu holda-da kindik va tizza oralarini berkitish er va ayollar uchun ham odobdir («Durrul muxtor»).
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.