Sun'iy yo‘l bilan homila paydo qilsak-chi?! Lekin bizga bu ish islomda durust emas, deyishdi...
Savol: Oila qurganimizga o‘n yil bo‘ldi. Afsuski, farzandimiz yo‘q. Turmush o‘rtog‘im bilan shunday qarorga keldik: «Sun'iy yo‘l bilan homila paydo qilsak-chi?!» Lekin bizga bu ish islomiy nuqtai nazardan durust emas, deyishdi. Haqiqatda shundaymi? Shariatda bu haqda nima deyilgan?
Javob: Alloh taolo farzand tug‘ilishi uchun erkak va ayolning qo‘shilishini umumiy qoida qildi, ammo O‘zi farzand berishini eslatib turish uchun ba'zi kishilarni befarzand qilib qo‘ydi. Erkak va ayolning qo‘shilishi bola bo‘lishi uchun kifoya qilsa, hamma er-xotin bolali bo‘lishi kerak edi. Ammo ba'zilar farzand ko‘rmaydi, demak, qo‘shilishning o‘zi bola bo‘lishi uchun sabab emas ekan.
Alloh taolo har bir bandasiga bergan nasl qoldirish hissi, farzandli bo‘lish istagi va ehtiyoji ayniqsa, befarzandlarda kuchli bo‘ladi. Alloh taologa yolvoradi, nazr-niyozlar ataydi, xayr-sadaqa qiladi, tabiblarga yuguradi. Xullas, ham qoliy, ham fe'liy duoda bo‘ladi.
Insoniyat farzandsizlikka chora axtarib, o‘z zamonidagi tib ilmi taraqqiyoti darajasida turlicha usullarni qo‘llab kelgan. Nihoyat, bizning asrimizga kelib, sun'iy yo‘l bilan homila paydo qilish, ya'ni bachadonga urug‘likni tabiiy yo‘l bilan emas, sun'iy yo‘l bilan tushirish usuli topildi.
Keyinroq tib ilmi yanada o‘sdi. Er, xotin urug‘liklari avval tashqarida urchitib olinib, bir yo‘la tayyor homilani bachadonga qo‘yish joriy qilindi. Bu uslub ilmda goh «naycha usuli», goh «naycha bolasi» deyilyapti. Har ikki atamada ham urug‘likni oldin naychada urchitib olishga ishora bor.
Hammamizga ma'lumki, bu usullar musulmon bo‘lmagan yurtlarda, musulmon bo‘lmagan odamlar tomonidan yo‘lga qo‘yildi. Binobarin, biz musulmonlarda savol paydo bo‘ladi: bu hodisaga shariatimiz nima deydi? Musulmonlar ham bu usuldan foydalansa bo‘ladimi?
Musulmonlar har bir yangilikni qabul qilish va hayotlariga tadbiq etishdan oldin o‘ylab ko‘rishlari, o‘z dinlari hukmini so‘rab-surishtirishlari tabiiy holdir. Albatta, bunday savollarga mo‘'tabar ulamolarimiz Qur'oni karim va Payg‘ambarimizning (s.a.v) sunnati mutahharalariga suyanib javob axtarishadi. Sun'iy yo‘l bilan homila paydo qilish masalasida ulamolarimizning fatvolari bir xil chiqdi: bu uslublardan musulmonlar foydalansalar bo‘ladi.
Ammo bachadonga sun'iy yo‘l bilan urug‘lik kiritiladimi yoki naychada urchitib, so‘ngra bachadonga qo‘yiladimi, asosiy shart - urug‘lik ayolning o‘z eridan, shar'iy jufti halolidan olingan bo‘lishi lozim. Begona erkakdan olinsa, zino hisoblanadi. Zino esa shar'an haromdir. Zinoning harom qilinishi-yu nikohning yo‘lga qo‘yilishidan asosiy maqsadlardan biri inson naslining pokligini saqlashdir. Shu boisdan begona erkakning urug‘ini muslima ayol bachadoniga kiritish Islom shariati qoidalariga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Bu hukmni asrimiz musulmon ulamolarning hammalari ittifoq qilib aytishgan. Shuningdek, «Azhari sharif», «Islom fiqhi akademiyasi» kabi mo‘'tabar muassasalar masalani atroflicha o‘rganib chiqib, yirik anjumanlar o‘tkazib, so‘ngra fatvolar chiqarishgan. Musulmon inson doimo Allohning shariatiga muvofiq ish qilmog‘i lozim. («Islomiy oila - farog‘at qasri» kitobi asosida tayyorlandi).
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.