Bola go‘dakligida vafot etsa...
Savol: Yigirma bir yoshimda ikki farzandimdan ajradim. Ammo sabr qildim, onalik baxtiga musharraf etgani uchun Allohga hamdlar aytdim. Bola go‘dakligida olamdan o‘tsa, ota-onasi uchun Allohdan shafoat tilab jannat eshigi yonida ularni kutib turar ekan, deb eshitdim. Shu gapda asos bormi?
Javob: Farzandlari chaqaloqligida o‘lib ketgan ota-onalar uchun do‘zax o‘ti haromligi, ular albatta jannatga tushishlari haqida Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomdan bir necha hadisi shariflar vorid bo‘lgan. Shulardan ayrimlarini keltiramiz.
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan bunday rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kimning uchta bolasi vafot etsa, bu Alloh taoloning irodasi, deb sabr qilsa, ana shu sabri uchun Allohdan savob umidida bo‘lsa, u albatta jannatga kiradi", deganlarida biz: "Ey Rasululloh, agar uning ikkita bolasi o‘lib, shunga sabr qilgan bo‘lsa-chi?" deb so‘radik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ikkita bo‘lsa ham", dedilar" (Imom Buxoriy rivoyati).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Qaysi bir musulmon kishining uchta farzandi o‘lgan bo‘lsa, do‘zax o‘ti unga tegmaydi", dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).
Abu Muso Ash'ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Agar biror bandaning farzandi vafot etsa, Alloh taolo farishtalariga: "Bandam farzandining ruhini oldinglarmi?" deydi. Ular: "Ha", deb javob berishadi. So‘ng Alloh: "Qalbining mevasini qabz qildinglarmi?" deydi. Farishtalar yana: "Ha", deb javob berishadi. "Bandam nima dedi?" deb so‘raydi Alloh taolo. Farishtalar: "Senga hamd va istirjo' aytdi", deyishadi. Shunda Alloh taolo: "Bandam uchun jannatda bir uy quringlar va uni "hamd uyi" deb atanglar", deydi (Imom Termiziy rivoyati).
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.