background
logotype
image1 image2 image3

Ayoliga hayz paytida yaqinlashib qo‘ysa, nima qilish kerak?

SavolAyoliga hayz paytida yaqinlashib qo‘ysanima qilish kerak?

JavobAlloh taolo Qur'oni karimda «Hayz paytida ayollaringizdan chetlaningiz va to poklanmagunlaricha ularga yaqinlashmangiz», deb buyurgan (Baqara surasi, 222-oyat). Ayol agar o‘n kundan kam hayz ko‘radigan bo‘lsa, hayzdan tozalanib g‘usl qilganidan keyingina eri unga yaqinlasha oladi.

Savoldagi holatga kelsak, kishi bilmagan holda ayoliga hayz holida yaqinlik qilib qo‘ysa, istig‘for aytib, gunohiga tavba qilishi lozim. Ammo qasddan, nafsiga qul bo‘lib ayoliga qo‘shilgan bo‘lsa, ba'zi ulamolarning so‘zlariga ko‘ra, unga kafforat vojib bo‘ladi. Kafforat miqdori bir dinor (4,25 gramm tilla)dir. Bu holda ikkala tarafning o‘zaro rozi bo‘lishi bu harom ishni halolga aylantira olmaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.