background
logotype
image1 image2 image3

Uylanishning shar'iy hukmlari qanday?

SavolUylanishning shar'an bir necha hukmlari bordeb eshitib qoldimShu haqda ma'lumot bersangizlar.

JavobKishining jinsiy quvvati, oila mas'uliyatini ado eta olishiga ko‘ra, shariatda uylanishning hukmi besh xildir:

1. Uylanish farz - mahrga va ayol nafaqasiga yetarli moli bor, faqat uylanish bilan zinodan saqlana oladigan kishilarga.

2. Uylanish vojib - mahrga va ayol nafaqasiga yetarli moli bor, uylanmasa, zinoga ketish xavfi bo‘lgan kishilarga.

3. Uylanish sunnat - mahrga va ayol nafaqasiga yetarli moli bor, jinsiy munosabatga layoqatli kishilarga.

4. Uylanish harom - mahr va ayol nafaqasiga qodir bo‘lmagan, jinsiy layoqati yo‘qligi aniq kishilarga.

5. Uylanish makruh - mahr va ayol nafaqasini topib berishidan va jinsiy ojizlikdan xavfsiragan kishilarga.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.