background
logotype
image1 image2 image3

To‘ylar qanday o‘tishi kerak?

Savol: To'y - xalqimizning eng suyukli va e'tiborli urf-odatlaridan. Islom dinimizning nikoh to'yini o'tkazish borasida alohida ko'rsatmalari bormi? Shu haqda ma'lumot bersangiz.

Javob: Musulmonlar orasida dinsizlarga taqlid afsus va nadomat qo'zg'aydigan darajada keng tarqaldi. Xususan, bu hol to'y va hashamlar sohasida ko'proq yoyilgan. To'ylar haromlarni pisand qilmaslik, aroqxo'rlik va boshqa tubanliklar qilinadigan bir marosim bo'lib qoldi.

Binobarin, bu o'rinda musulmonlarga to'ylar qanday bo'lishi lozimligini va Rasulullohdan (s.a.v.) bu haqda vorid bo'lgan hadisi shariflarni eslatib qo'ymoqchimiz. To'y ham Allohga toatning bir ko'rinishidir. Uning roziligi va tavfiqiga sababdir.

To'y nikohni e'lon qilish uchun, odamlar falon yigit falon qizga uylanganini bilishlari, shubha va gumon bartaraf bo'lishi uchun yo'lga qo'yilgandir.

Payg'ambarmiz alayhissalom nikohni e'lon etishni va odamlar orasida yoyishni buyurganlar. To'ydan maqsad odamlarni taomga da'vat etishdir. Ya'ni, taom pishirib, odamlarni uni yeyishga chaqirishdir. Qo'y so'yib to'y qilish fazilatdir. Payg'ambarimiz (s.a.v.) Safiyya onamizga uylanganlarida bo'tqa va xurmo bilan, Zaynab binti Jaxsh onamizga uylanganlarida esa qo'y so'yib to'y o'tkazganlari bir necha hadisda bayon qilingan. Payg'ambarimiz uylanganini aytgan sahobalardan biriga: «Bir qo'y so'yib bo'lsa-da, to'y qil», deganlar.

Musulmonlar to'ylarini halol-haromni farqlab, ma'siyatsiz holatda o'tkazishlari vojibdir. Bu ish qiyin emas. To'ylarimizni dinimizga muvofiq o'tkazish bilan katta balodan, bemazagarchilik va axloqsizlik kabi to'ylardan, bu xatarli vabodan qutulamiz.

Nikohni e'lon qilishning hikmati uni odamlarga bildirish, er-xotindan gumonni daf qilish, Alloh taoloning nikoh aqdi sababli haromni halol va halolni harom etib, insonlarga bergan ne'matini izhor etishdir. Zero, nikoh aqdi xotinni eriga halol qiladi. Xotinning onasini erga, erning otasini xotinga harom qiladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.