background
logotype
image1 image2 image3

Taloq necha xil bo‘ladi?

SavolTalobir necha xil bo‘ladideb eshitdimUlar qaysilar?

JavobTaloq ikki xil bo‘ladi: raj'iy va boin taloq. Er xotiniga «Seni qo‘ydim» yoki «Boshing bo‘sh», desa, taloqni niyat qilsa ham, qilmasa ham, bir raj'iy taloq tushadi. Bunday taloqda er idda muddati ichida xotini rozi bo‘lmasa ham, nikohni yangilamay, u bilan qaytadan yashashni davom ettirishi mumkin. Raj'iy taloqda guvohsiz xotiniga qaytsa bo‘ladi, ammo guvoh bilan qaytish mandubdir (yaxshiroqdir). Raj'iy taloqda er xotiniga qaytgunicha idda vaqti o‘tsa, qayta nikoh bilan oilani tiklash mumkin, xolos.

Boin taloq esa ikki xil: kichik boin va katta boin bo‘ladi. Er janjallashib turgan xotiniga «Bor ket», «Ko‘zimga ko‘rinma» kabi taloqdan kinoya bo‘ladigan so‘zlarni aytib, taloq qilishni niyat qilsa, boin taloq tushadi. Shuningdek, er qo‘shilmagan xotiniga taloqqa ochiq dalolat qiladigan so‘zlarni aytsa ham, boin taloq bo‘ladi. Shu kabi bir yoki ikki boin taloq kichik boin taloq, deyiladi. Kichik boin tushgan zamon nikoh bekor bo‘ladi. Er istasa, ayolning roziligi bilan, ikki guvoh ishtirokida nikohni yangilashi mumkin. Uch taloq yoki uchinchisi taloq bo‘lsa, katta boin taloq, deyiladi. Katta boin taloq tushsa, birgalikdagi turmushlariga nuqta qo‘yiladi. Endi er bu ayolga faqat u boshqa kishiga turmushga chiqib, u bilan biror sabab tufayli ajrashganidan keyingina uylana oladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.