background
logotype
image1 image2 image3

Qanday nikoh fosid nikoh hisoblanadi?

Savol: Qanday nikofosid nikoh hisoblanadi?

JavobGuvohsiz nikoh, iddasi tugamagan opasidan so‘ng singlisiga uylanish, to‘rtinchi ayolining iddasi o‘tmay, beshinchisiga nikoh qilish, iddadagi ayolga nikohlanish fosid nikohlardir. Nikohning fosid bo‘lganini bilgan er ham, xotin ham uni buzishlari lozim bo‘ladi.

Fosid nikohda qovushuv bo‘lmagan bo‘lsa, idda va mahr vojib bo‘lmaydi. Agar qovushuv bo‘lsa, idda o‘tiradi, mahr belgilanmagan bo‘lsa, mahri misl beriladi. Agar belgilangan bo‘lsa, mahri misl va belgilangan mahrdan qaysining miqdori oz bo‘lsa, shu beriladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.