background
logotype
image1 image2 image3

Nikoh aqdi bilan er va xotinga qanday majburiyatlar yuklanadi?

SavolNikoaqdi bilan er va xotinga qanday majburiyatlar yuklanadi?

JavobNikoh aqdi majburiyat yuklash va majburiyat olish aqdidir. Zero, bu aqd bilan er-xotinning har biri ikkinchisi oldida bir qancha vazifani zimmasiga oladi. Ba'zi shartlarga (bu yerda ularni batafsil sanab o‘tishning iloji yo‘q) rioya etish bilan er xotiniga mas'ul bo‘ladi. Quyidagilar bu aqdning eng muhim hukmlaridandir:

1. Ikki aqd qiluvchi o‘rtasida er-xotinlik qaror topadi va ularning har biriga er-xotinlik hukmlari lozim bo‘ladi. Bir-biridan bahra (lazzat) olishlari halol bo‘ladi. Erga xotinining onasi, xotinga erning otasi mahram bo‘ladi. Er-xotin o‘rtasida merosxo‘rlik yuzaga keladi.

2. Aqd bog‘lanishi bilan erga xotinning kelishilgan naqd mahrini berish, uning oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpana kabi zaruriy ehtiyojlarini ta'minlash vojib bo‘ladi.

3. Erning xotiniga ma'lum tartibda odob berish huquqi yuzaga keladi. Zero, er xotinga homiydir. Xotinga shar'iy mumkin bo‘lgan hollarda eriga bo‘ysunishi, erining uyida bo‘lishi, erining ruxsatisiz yo zaruratsiz uydan chiqmasligi vojib bo‘ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.