background
logotype
image1 image2 image3

Mahrga qizning otasi egalik qila oladimi?

SavolMahrga qizning otasi egalik qila oladimi?

JavobOta yoki valiylar (aka-ukalar) mahrga egalik qilolmaydi. Sahih nikoh aqdidan so‘ng birga bo‘lishgach, mahr shar'an er zimmasiga vojib bo‘ladi. Agar nikoh aqdi paytida mahr miqdori belgilangan bo‘lsa, shuncha miqdor beriladi, belgilanmagan holda mahri misl berish vojibdir.

Ayolning zamondosh va vatandosh hamshiralari, ammalari va amakilarining qizlariga berilgan mahr miqdori mahri misl bo‘lib, ularning bokiralikda, axloq, aql, ilm, odob, yosh, diyonat va go‘zallikda tengligi e'tiborga olinadi. Ayolning aytilgan qarindoshlari bo‘lmasa, mahalladosh tenglariga berilgan mahr miqdori uning mahri misli bo‘ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.