background
logotype
image1 image2 image3

«Birinchi uchrashuv» - er-xotinlik muqaddimasimi?

SavolYaqinda nikokechasi haqida so‘z borganida «birinchi uchrashuv»degan gapni aytibqolishdiU nima degani?

Javob«Birinchi uchrashuv» deganda er xotinini qo‘lidan tutib uyiga olib kirishi tushuniladi. Ayolning er uyiga bu tarzda kirishi er-xotinlik hayoti hamma ko‘rinishlarining boshlanishi va muqaddimasidir. «Birinchi uchrashuv» deganda, shuningdek, qo‘shilishga ham ishora bor.

Ayolning er uyiga kirishi uning bir oiladan ikkinchi oilaga, bir urug‘dan ikkinchi urug‘ga o‘tishi, demakdir. U ota-onasi va tug‘ishganlari bag‘rini tark qilib, erning «umr sherigi»ga aylanadi. Xuddi shu gaplar er bo‘lib xotiniga mas'ul bo‘lgan erkakka ham tegishlidir. U endi oila oldidagi barcha burchlarini uddalashi kerak bo‘ladi.

Er ham, xotin ham o‘rtalaridagi «birinchi uchrashuv» lahzasiga ruhiy hozirlik ko‘rishlari lozim. Bu uchrashuvdan oldin erkak xotini bilan totuv yashashga, unga sabr, idrok bilan yaxshi muomala qilishga o‘zini hozirlasin. Bu narsa oson emasligini, muhim va jiddiy ishga qadam qo‘yayotganini ko‘z oldiga keltirsin. Ayol ham «erka qizdan» «javobgar xotinga» aylanishdek muhim ishga o‘zini tayyorlasin. Ularning har biri nimaga qadam qo‘yayotganini, ularni mas'uliyatga sadoqat kutayotganini yaxshi bilishlari kerak.

Mazkur iboraning ishora ma'nosiga - qo‘shilishga kelsak, er-xotin bu ish ularga nasl qoldirish, jinsiy a'zoni asrash, shahvatni haromdan qaytarish vositasi deb qarashlari lozim.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.