background
logotype
image1 image2 image3

Vitr namozi haqida

Savol: Vitr namozini va unda Qunut duosini o'qish tartiblarini ma'lum qilishingizni so'rayman. Uni uyda o'qisa bo'ladimi? Qunut duosini bilmaganlar nima qilishi kerak? Nega ramazon oyida vitr namozi jahriy o'qiladi?

Javob: Vitr namozini ado etish vojibdir. U xufton namozidan so'ng o'qiladi. Vitr namozi uch rakat bo'lib, shom namozining uch rakat farzini o'qish tartibida o'qiladi. Ammo vitr namozining uchinchi rakatida Fotiha surasidan so'ng yana bir sura o'qiladi va takbir aytilib, quloqlar to'g'risigacha ko'tariladi va qayta bog'lanib, Qunut duosi o'qiladi. Qunut duosi o'qilganidan so'ng yana takbir aytilib, ruku' qilinadi.

Vitr namozi faqat ramazon oyida taroveh namozidan so'ng jamoat bilan o'qilgani uchun imom jahriy qiroat qiladi. Boshqa vaqtda har kim alohida o'qiydi.

Turishga qodir kishi vitr namozini o'tirib o'qishi mumkin emas. Vitr namozini qasddan yo unutib o'qimagan kishiga uning qazosi vojibdir. Qunut duosini imom ham, qavm ham, tanho o'qigan kishi ham ichida o'qiydi. Kim Qunut duosini o'qishni unutib ruku'ga borgan bo'lsa, ruku'dan qaytib, Qunut duosini o'qimaydi. Namoz oxirida sajdai sahv qiladi. Vitr namozining birinchi yo ikkinchi rakatida adashib Qunut duosini o'qigan kishi uchinchi rakatida o'qimaydi. Qunut duosini yodlashga ulgurmagan kishi uni yodlagunicha «Robbana atina...» yo «Allohummag'firli...» duolaridan birini o'qishi mumkin.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.