background
logotype
image1 image2 image3

«Vatani asliy», «vatani iqomat» nima?

SavolUstozimiz musofir hukmlari haqida so‘zlaganlarida «vatani asliy»«vatani iqomat»degan so‘zlarni ishlatdilarShular haqida tushuncha bersangiz. Musofir sunnat namozlarnio‘qiydimi?

JavobInson tug‘ilgan, oilasi o‘rnashgan, doimiy yashashga qasd qilgan joylar vatani asliy hisoblanadi, o‘n besh yo undan ortiq kun turishni niyat qilgan joy vatani iqomat hisoblanadi.

Vatani asliydan ko‘chish uni bekor qiladi. Ya'ni, tug‘ilgan yo yashayotgan joyidan ko‘chib, boshqa joyda yashashni davom ettirayotgan kishi u joylarga kelganda o‘n besh kun turishni niyat qilmasa, musofir hisoblanadi. Vatani iqomatni ikkinchi vatani iqomat va vatani asliy bekor qiladi. Bu yana qaytib u iqomat joyga ikkinchi bor kelganda qayta o‘n besh kun turishni niyat qilmasa, musofir hisoblanadi, demakdir. Musofir o‘rnashgan yerida sunnat namozlarini qoldirmay to‘kis o‘qiydi. Ammo qo‘nar manziligacha bo‘lgan yo‘li davomida mashaqqat bo‘lsa, u sunnat namozlarni qoldirishi mumkin («Halabi kabir»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.