background
logotype
image1 image2 image3

Sajdai sahv vojib bo‘lmagan holatlar ham bormi?

Savol: Sajdai sahv vojib bo‘lmagan holatlar ham bormi?

Javob: Islom shariatida namozning farz va vojib amallari o‘rnidan kechiktirilganda va unutilganda sajdai sahv orqali namozni komil qilish buyurilgan. Yuqorida namozda yanglishishlarda sajdai sahv vojib bo‘lgan o‘rinlar batafsil keltirildi. Namozning sunnat va mustahab amallari buzilganda yoki adashtirib yuborilganda, dinimiz talablariga ko‘ra, sajdai sahvga zarurat bo‘lmaydi, balki namozning fazilatiga, mukammalligiga putur yetadi. Inson tabiatida yanglishish va xatolarga moyillik borligi uchun sunnat va mustahab amallarni ado etish-da adashilganda sajdai sahv qilinmaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.