background
logotype
image1 image2 image3

Qiroatning sunnatlari qaysilar?

Savol: Namozda qiroatning ham alohida sunnatlari bor ekan, ular qaysilar?

Javob: Namozdagi qiroatning sunnatlari quyidagilardan iborat: agar namoz o‘quvchi safarda shoshib turgan bo‘lsa, surai Fotihani xohlagan sura bilan qo‘shib o‘qiydi, bordi-yu, xotirjam bo‘lsa, surai Fotihadan so‘ng Buruj kabi birorta surani o‘qiydi.

Ulamolarimiz bomdod va peshin namozlariga surai Hujurotdan surai Burujgacha, shomga esa Bayyina ("Lam yakun...")dan Nos surasi ("Qul a'uzu birobbin nas...")gacha bo‘lganlarini o‘qimoqlikni mustahab, ya'ni yaxshi bo‘ladi, deb biladilar. Namozxonlar zaruriy hollarda bilgan suralarini o‘qiyverishlari mumkin. Namoz o‘quvchilarning namoz uchun Qur'ondan birorta surani doimiy tayin qilib qo‘ymoqliklari makruhdir. Ular imomga iqtido qilganlarida qiroatga qo‘shilmay jim turadilar.

Juma kuni imom xutba o‘qiyotgan paytda qavm sukut saqlab turadi. Lekin imom xutbada salovotga buyurilgan oyatlarni keltirsa, bunda qavm maxfiy holatda salovot aytadi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.