background
logotype
image1 image2 image3

Qay hollarda namozni buzsa bo‘ladi?

SavolBa'zan namoz o‘qiyotganingizda biror falokat sodir bo‘lishi yoki masjidda jamoat farznamozni boshlab qolishi mumkinShunday hollarda namozni buzsa bo‘ladimi?

JavobBoshlangan namozni buzish holatiga ko‘ra, harom, muboh, mustahab yo vojib bo‘ladi. Namozni hech bir uzrsiz buzish haromdir. Molga talofat yetishi mumkin bo‘lgan holda namozni buzish muboh bo‘ladi. Shaxs hayotini qutqazish uchun esa vojibdir. Komil ado etish niyatida namozni buzish mustahab («Raddul muxtor»). Ya'ni, masalan, yolg‘iz o‘zi farz namozni o‘qiyotganda jamoat namoziga imom shuru' qilsa, (peshin, asr yo xufton namozida) hali bir rakatni o‘qimagan bo‘lsa, namozni buzib imomga iqtido qiladi. Bir rakat o‘qib qo‘ygan bo‘lsa, yana bir rakat qo‘shib, ikki rakatni tugatadi va imomga ergashadi. Agar uchinchi rakatga turgan bo‘lsa-yu, sajda qilmagan bo‘lsa, tashahhudga qaytadi, salom berib jamoatga qo‘shiladi. Uchinchi rakat sajdasini qilgan bo‘lsa, namozni to‘la o‘qiydi va peshin hamda xufton namozlarida jamoat fazilatini topish uchun nafl niyatida imomga iqtido qiladi. Asr namozidan so‘ng nafl o‘qish makruh bo‘lganidan bu holda jamoatga qo‘shilmaydi.

Bomdod va shom namozlarida mazkur holda bir rakat o‘qisa-o‘qimasa, namozni buzib jamoatga qo‘shiladi. Ammo ikkinchi rakat sajdasini ado etgan bo‘lsa, namozini to‘kis ado qiladi. Imomga iqtido qilmaydi. Zero, bomdod namozidan so‘ng quyosh ko‘tarilguncha nafl namoz o‘qish makruhdir va uch rakat nafl namoz ham yo‘q. Aytilgan namozdan bir tarafga salom berish bilan chiqishni unutmaslik lozim («Xulosatul fatvo»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.