background
logotype
image1 image2 image3

Namozning mustahab bo‘lgan vaqtlari ham bormi?

SavolNamozning mustahab bo‘lgan vaqtlari ham bormi?

JavobBesh vaqt namozning har biri aytilgan vaqtlarida o‘qilsa, o‘z vaqtida o‘qilgan hisoblanadi. Ammo bomdod namozini subhi sodiq kirganidanoq emas, balki tong yorishgach, o‘qish mustahab bo‘ladi. Bu muddat shunday belgilangan: bomdod namozini tugatganida quyosh chiqishiga yana tahorat olib, bomdod namozini o‘qishga yetadigan vaqt qolsin.

Peshin namozini qishda avvalgi vaqtida, yozda soya bo‘yga bir barobar bo‘lishidan avvalroq o‘qish mustahabdir.

Asr namozini barcha vaqtda, quyosh gardishida o‘zgarish boshlanmagan muddatgacha, kechroq o‘qish mustahab bo‘ladi.

Shom namozini hamisha quyosh botishi bilanoq o‘qish mustahab.

Qish kunlari xufton namozini tunning birinchi uchdan bir qismi o‘tganidan so‘ng, yoz kunlari esa ertaroq o‘qish mustahabdir.

Vitr namozini uyg‘onishga ko‘z yetsa, kechaning oxirida, subhi sodiqdan oldin o‘qish mustahab bo‘ladi. Ammo uyg‘onishga ko‘zi yetmasa, xufton namozidan so‘ng o‘qish mustahabdir.

Haj marosimidan boshqa vaqtda, Arafot tog‘i va Muzdalifa vodiyidan boshqa joyda bir namoz vaqtida ikki namoz jam qilib o‘qilmaydi.

Iyd namozining vaqti quyosh chiqib, ikki nayza barobarida ko‘tarilganidan to zavolgachadir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.