background
logotype
image1 image2 image3

Namoz o‘qiyotgan kishining tahorati sinsa, o‘zini qanday tutadi?

Savol: Namoz o‘qiyotgan kishining tahorati sinsa, o‘zini qanday tutadi?

Javob: Namoz o‘qiyotgan kishining tahorati sinsa, qayta boshdan o‘qish fazilatlidir. Shunday bo‘lsa-da, quyidagi shartlar topilganida yangidan tahorat olib, namozini davom ettirish mumkin: birinchidan, tahoratning sinishida va sababida uning (bandaning) ixtiyori bo‘lmasin; ikkinchidan, tahoratni sindirgan narsa g‘uslni vojib etuvchi bo‘lmasin; uchinchidan, kam uchraydigan (masalan, hushdan ketish kabi) holat bo‘lmasin; to‘rtinchidan, tahorati singan holda namoz ruknlaridan birini ado etmasin; beshinchidan, tahorat qilishga ketayotgan holda ham namozning biror ruknini bajarmasin; oltinchidan, mazkur holda tahorati singandan so‘ng yana o‘z ixtiyori bilan tahorat sindirmasin; yettinchidan, zarurati bo‘lmagan ishga qo‘l urmasin; sakkizinchidan, tahorati singach, zudlik bilan tahorat qilishga ketsin, uzrsiz turib qolmasin; to‘qqizinchidan, tahorat qilguncha mashining muddati o‘tib qolmasin yo tayammum bilan o‘qiyotgan bo‘lsa, suv topilib qolmasin; o‘ninchidan, unutib o‘qimagan namozi yodiga tushib qolmasin; o‘n birinchidan, jamoat bilan o‘qiyotgan bo‘lsa, jamoat namozni tugatmagan bo‘lsa, jamoatdan qolmasin.

Bu shartlar topilmaganida namoz o‘qiyotgan kishining tahorati sinsa, tahorat qilib, namozni qayta boshdan o‘qishi kerak bo‘ladi. Jamoat namozida tahorati singan kishi burnini ushlagan holda namozdan chiqishi mustahab bo‘ladi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.