background
logotype
image1 image2 image3

Musofirga qanday imtiyozlar bor?

SavolMusofirga taalluqli hukmlarni bayon qilsangiz.

JavobUch kecha-kunduzlik yo‘lni bosib o‘tishni niyat qilib yo‘lga chiqqan odam musofir sanaladi va unga to‘rt rakatli farz namozlarini ikki rakatga qisqartirib (qasr qilib) o‘qish vojib bo‘ladi. Agar yo‘lda qiyinchilik yoki vaqt ziqligi mavjud bo‘lsa, sunnatlarni o‘qimaslik joiz. Ramazon ro‘zasini tutish, juma va hayit namozlari unga vojib bo‘lmaydi. Mahsisiga uch kecha va uch kunduz mash tortishi mumkin. Ayollarga bu masofadagi joyga mahramsiz borishlari harom bo‘ladi («Sirojiya», «Fatovoi Olamgiriya»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.