background
logotype
image1 image2 image3

Erkak va ayol namozida farq bormi?

SavolErkaklar va ayollar namozida farbordeyishadiUlar qaysilar?

JavobBu farqlar quyidagilar:

1. Ayol takbiri tahrimada qo‘llarini yengidan chiqarmaydi.

2. Takbirda qo‘llarini ko‘kragi barobarigacha ko‘taradi.

3. Ayol qiyomda o‘ng qo‘l kaftini chap qo‘l kafti ustida qilib ko‘kragiga qo‘yadi.

4. Ruku'da panjalarini ochmay, jamlab tizzaga qo‘yadi.

5. Ruku'da o‘tirmoqchi bo‘lgan kishi kabi sal egiladi.

6. Ruku'da tirsak (chig‘anoq)larini sonlariga, bilaklarini yonboshiga yopishtirib turadi.

7. Sajdada qornini soniga, qo‘l bilaklarini yerga yopishtirib turadi.

8. Qa'dada dumbasi bilan o‘ng tomonidan ikki oyog‘ini chiqarib, chap iligi ustiga o‘ng iligini qo‘yib o‘tiradi.

9. Jahriy namozlarni ham maxfiy (ichida) o‘qiydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.