background
logotype
image1 image2 image3

Bemor qanday namoz o‘qiydi?

SavolPadari buzrukvorim juda keksayibturib namoz o‘qishga quvvatlari yetmaydiganholatga tushganlarU kishi namozlarini o‘tirib o‘qisalar bo‘ladimiUmumankeksa va bemorkishilar namozi haqida ma'lumot bersangiz.

JavobTurishga quvvati yetmaydigan yoki turganida dardi og‘irlashadigan yoxud boshi aylanadigan kishi namozini o‘ziga qulay holda o‘tirib ado qiladi. Biror narsaga suyanib bo‘lsa-da, tik tura oladigan kishi farz namozini o‘tirib o‘qishi durust emas. Qodir bo‘lguncha farz namozini turib o‘qishi lozim.

Kasalligi ruku' va sajda qilishga imkon bermaydigan kishi tik turishga qodir bo‘lsa-da, namozini o‘tirib o‘qiydi, ruku' va sujudni imo bilan o‘tirgan holda engashib ado qiladi. Bunda sajdaga ruku'dan ko‘ra ko‘proq engashish kerak.

Tik turishga ham, ruku' va sajda qilishga ham quvvati yetmagan kishi o‘tirgan holda imo bilan namozini o‘qiydi. Sajda qilish uchun biror narsani baland qilib qo‘ymaydi. Zero, bu ish makruh bo‘ladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Yerga bosh qo‘yib sajda qilolsang, sajda qil, bo‘lmasa, boshing ila imo etib sajdani ado et», deb marhamat qilganlar.Dard tufayli o‘tirishga ham yaramaydigan kishi chalqancha yotib, boshini baland va oyoqlarini bukkan holda qiblaga qilib, imo bilan namozini o‘qiydi.

Boshi bilan imo qilishga ham kuchi yetmagan kishi namozini kechiktiradi. Undan namoz farzi soqit bo‘lmaydi.

G'amxo‘ri yo‘q, kiyimi va joyi nopok bemor tayammum qilib, qodir bo‘lgan tomonga yuzlanib namozini ado qiladi.

Bunday yengilliklar namozxonlarga berilgan ulkan marhamatdir. Muhimi, bir kunda besh vaqt farz bo‘lgan va mo‘minning me'roji hisoblangan namoz tark bo‘lmasin, Yaratganga munojot etish to‘xtamasin.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.