background
logotype
image1 image2 image3

Avtomobil yoki samolyotda ketayotganda namoz vaqti kirib qolsa, qanday ibodat qilinadi?

SavolAvtomobil yoki samolyotda ketayotganda namoz vaqti kirib qolsa, qanday ibodat qilinadi?

JavobFaqih olimlardan Umar Nasuqiy zamonaviy ulov (transport vositalari)da namoz o‘qish xususida shunday fikr bildiradi. Uning aytishicha, bunday transport vositalari uchga bo‘linadi:

1. Ot, tuya, eshak kabi miniladigan hayvonlar. Bu hayvonlarning ustida hayvon ketayotgan tomonga qaragan holda sunnat va nafl namozlarini o‘qish joiz. Faqat farz namozlarini hayvondan tushib o‘qish vojib. Chunki hayvonni yurg‘izish va to‘xtatish egasining ixtiyorida bo‘lib, xohlagan joyda tushib namoz o‘qishi mumkin.

2. Avtobus, avtomobilga o‘xshash to‘xtatish mumkin bo‘lgan yoki mumkin bo‘lmagan vositalar. Bular ham yo‘lovchisiga qarab ikki qismga bo‘linadi:

- yo‘lovchi transprot vositasi egasi bo‘lsa, farz namozlarini yergatushib ado qilishi zarur;

- yo‘lovchi transprot vositasi egasi bo‘lmasa, namoz vaqtida xushmuomalalilik bilan uni to‘xtatishni so‘raydi. To‘xtata olmagan taqdirda iloji boricha o‘tirgan joyida ruku' va sajdani qilib namozini transport ichida o‘qiydi. Chunki namozni qazo qilganidan ko‘ra mana shu tarzda ado etgani afzaldir.

3.  Yo‘lovchi mingan vosita poezd, kema va samolyotga o‘xshash to‘xtatilishi mumkin bo‘lmagan vositalarda qiblaga yuzlanish va tik turgan holda namoz o‘qish imkoni bo‘lsa, o‘sha holatda namoz o‘qiydi. Agar yuqoridagi shartlar mavjud bo‘lmasa, imkoni bo‘lgan shaklda o‘qiladi, namoz qazo qilinmaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.