background
logotype
image1 image2 image3

Mayyitni yuvish hukmi va tartiblari qanday bo'ladi? G'assol nimalarga e'tibor berishi kerak?

Savol: Mayyitni yuvish hukmi va tartiblari qanday bo'ladi? G'assol nimalarga e'tibor berishi kerak?

Javob: Mayyitni yuvish tiriklar zimmasiga vojibdir. Mayyit iliq suv bilan yuviladi. Yuvish tartibi bunday: mayyitni yuvish uchun hozirlangan taxta xushbo'y qilinib, mayyit unga qo'yiladi. Bunda mayyitning avrati - kindigidan tizza ko'zigacha bekilgan bo'lishi lozim. Zero, o'lgan insonlarning ham avratiga qarash mumkin emas. G'assol qo'liga qo'lqop kiyib, mayyitning istinjo qilish joylarini yuvadi. So'ng tahorat qildiradi. Mayyitga bunday tahorat qildiriladi: dastlab yuzi yuviladi, og'zi va burni chayilmaydi. So'ng ikki qo'li tirsagi bilan yuviladi, boshiga mash tortiladi va oyoqlari yuviladi. Mayyit bu tartibda tahorat qildirilganidan so'ng yuviladi. G'assol avval mayyitning boshini uch bor yuvadi va chap yoniga yotqizib o'ng yonini, badanning yotqizilgan taxtaga yetguncha qismini uch bor, keyin o'ng yoniga yotqizib chap yonini, badanning yotqizilgan taxtaga yetguncha qismini uch bor yuvadi. So'ng mayyitni suyab o'tqizib, qornini ohista silaydi. Biror narsa chiqsa, qo'lqop kiyib o'rnini yuvadi. Tahorat va g'usl qaytarilmaydi. Mayyitning avratlari qo'lqop kiyib yuviladi. Mayyit yuvilganidan so'ng artilib kafanlanadi. Mayyit yuviladigan joy boshqalardan to'siladi. G'assol mayyitning avratiga qarashi mumkin emas. Mayyitning soch-soqoli taralmaydi, tirnoq va tuklari olinmaydi. G'assol tahoratli bo'lishi mustahabdir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.