background
logotype
image1 image2 image3

Janoza namozini boshqa namozlardan qanday shartlar ajratib turadi?

SavolJanoza namozini boshqa namozlardan qanday shartlar ajratib turadi?

JavobJanoza namozining boshqa namozlardan farqli oltita sharti bor:

1. Mayyitning musulmon bo‘lishi.

2. Mayyitning (va u qo‘yilgan joyning) toza bo‘lishi. Chunki mayyit jamoat oldiga qo‘yilganida xuddi imom kabidir, o‘zi ham, o‘rni ham toza bo‘lishi kerak.

3. Mayyitning jamoat oldida bo‘lishi.

4. Jasadning bus-butun holda yoki ko‘p qismi yo boshi bilan tanasining yarmi mavjud bo‘lishi.

5. Janoza o‘quvchining agar uzr bo‘lmasa, o‘tirgan va (biror ulovga) mingan bo‘lmasligi.

6. Janozaning yerga qo‘yilgan bo‘lishi. Mayyitni qo‘lda ko‘tarib yoki ulov ustida turgan holida janoza o‘qilishi, yer juda iflos bo‘lmasa, joiz emas.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.