background
logotype
image1 image2 image3

Masjidimiz katta yo‘l ustida bo‘lgani uchun ko‘pincha musofirlar yo‘lakay namozga kirib turishadi...

Savol: Masjidimiz katta yo‘l ustida bo‘lgani uchun ko‘pincha musofirlar yo‘lakay namozga kirib turishadi. Ichlarida ilmlilari bo‘lsa, imomlikka o‘tkazamiz. Shunda biz muqimlar namozimizni qanday ado etishimiz kerak?

Javob: Namoz to‘rt rakatli bo‘lsa musofirga iqtido qilgan muqim lohiq odam kabi ado qiladi, ya'ni musofir imom to‘rt rakatli namozning ikki rakatini o‘qib, salom berganidan keyin, unga iqtido qilgan muqim qiyomga turadi va bir tasbeh aytish miqdori qiyomda turib (hech narsa o‘qimasdan) ruku' va sajda qiladi, oxirgi to‘rtinchi rakatni ham shunday ado etib, tashahhud, salavot va duo o‘qib namozni tugatadi. («Muxtasar-ul viqoya», «Hadiyatus su'luk» kitoblari asosida tayyorlandi).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.