Jamoat namozi boshlanganida, o‘qib turgan namozini oxiriga yetkazmay jamoatga qo‘shilish kerakmi?
Savol: Jamoat namozi boshlanganida, o‘qib turgan namozini oxiriga yetkazmay jamoatga qo‘shilish kerak, deb eshitdim. Shu to‘g‘rimi?
Javob: Bu masala siz qanday namozni o‘qiyotganingizga va nechanchi rakatda ekaningizga qarab hal etiladi. Avvalo, bu o‘rinda jamoat namozining boshlanishi, deyilganida muazzinning iqomatini emas, balki imomning takbiri tahrima aytishini tushunmoq kerak. Agar siz nafl namoz, yo peshin va jumaning to‘rt rakat sunnat namozlarini o‘qiyotganingizda imom farz namozini boshlab, takbiri tahrima aytsa ham, o‘qiyotgan namozlaringizni oxirigacha o‘qib tamom qilasiz. («Muhiti Saraxsiy»). So‘ng imomga iqtido qilasiz. Agar bomdod yo shomning farz namozlarini boshlaganingizda yo bir rakat o‘qib, ikkinchi rakatga turganingizda, jamoat hozir bo‘lib, imom takbiri tahrima aytsa, turgan holingizda salom berib, o‘qiyotgan namozingizni to‘xtatasizda, jamoatga qo‘shilasiz. Peshin, asr va xuftonning farz namozlarida, mazkur holatda, ikki rakatni to‘la o‘qib, salom berasiz. So‘ng imomga ergashasiz. Bu uch vaqt farzining uch rakatini o‘qigan bo‘lsangiz, ularni oxirigacha o‘qiysiz, ya'ni, to‘rt rakatni to‘la ado etasiz. Keyin peshin va xuftonda nafl namoziga niyat qilib, imomga ergashasiz. Asr farzidan so‘ng nafl namoz o‘qish makruhligidan bu paytda imomga iqtido qilmaysiz.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.